Ekran o'lchami:
Matn o'lchami:
“Texnologik mashinalar va jihozlar“ kafedrasi 2019 yil 10 iyuldagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘iga asosan tashkil etilgan bo‘libushbu kafedrada innovatsion ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, ta’limni ishlab chiqarish bilan uzviyligini ta’minlash, ilg‘or ilmiy tadqiqot va innovatsion loyihalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kafedrada 3 nafar fan nomzodlari, 2 nafar katta o‘qituvchi, 6 nafar assistent, 4 nafar stajor-o‘qituvchi va 13 nafar doktorantlar faoliyat yuritib, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi PF-5847-sonli, “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 3775-sonli, “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2909-sonli, "Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ- 3698-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarni amalaga oshirish maqsadida kafedrada respublikamiz hamda viloyatimizdagi ishlab chiqarish korxonalari bilan korporativ hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Manzil
Farg’ona viloyati, Farg’ona shahri, Yangi zamon 15-uy